Shavkat Rahmon - Tutzor xotiralari. Шавкат Раҳмон - Тутзор хотиралари.
Tutlar — kallaklangan birodarlarim, osmonga bosh tirab turibsiz hamon, mayishgan timsohday badanlaringiz, dahshatli qudrat-la ezganday osmon. Turibsiz habashiy qullarday mahzun, yo‘q, turkiy shevali pahlavonlarday, qadimdan bobolar qoldirgan duzni har turluk balodan saqlayotganday. Tilimni, dilimni bilgan o‘zlarim, duzlarda qopketgan sodda narlarim, shamol bo‘lay dedim to‘zg‘itayin deb boshingiz ustida suzgan dardlarni. Bugun-chi, bir zumga tut bo‘lgim keldi, osmonni ko‘tarib turay bir nafas, sizday posbon bo‘lib asrayin elni, men-da zamin bilan pinhon sirlashay. ...To‘satdan qomatim qisirlab ketdi, sizlarday mayishdim, biroq sinmadim. osmonning bo‘lagi tushdi yelkamga. tuproqqa botdimu butkul singmadim. Voh, yer tagidayam bobolar erdir, shu lahza tig‘ misol ildizlarimga, kaftlarini tirab tasalli berdi, ko‘zingni uzma deb yulduzlaringdan. Endi men ham tutman, quvvat berar yer, shohlarim gurkirab o‘sgan chog‘ida, yengilroq bo‘lsin deb, qiynalmasin deb, kallaklab turishar meni gohida. Ammo men — azaldan isyonkor bola, qanchalik tutaqib chopqi ursalar. har chopqi zulmidan yangi ruh ola shoxlarim shunchalik o‘sar gurkirab. Aytarsiz, bu qadar isyon qayoqdan, ammo tut dardini bilajak tutlar, faqat temir kosov turar tayoqday odamlar it kabi boylangan yurtda. Bobolar xoklarin to‘ng‘iz bosipti, qum kabi to‘zg‘igan qadim hududlar, zolimga basma-bas o‘smoq lozimdir odamlar tuproqqa aylangan yurtda. Kessalar kessinlar, chandon o‘sarmiz, erkimiz borligin ko‘rib qo‘ysinlar. Har bahor chog‘ida chandon jo‘sharmiz, zolimlar zulmga qarab to‘ysinlar. O‘smasak, kelipti balog‘at gali, tig‘ kabi ildizlar yerdan uzilar, bu g‘arib maskanda asqotar hali devyurak botirlar uchun gurzilar. 📚 “Alisaning dunyosi” — bu ilhom, bilim va zavqga boy maskan! Bu kanalda siz: ✨ Kitoblar olamiga sayohat qilasiz 📖 Kitob mutolaasi va foydali tavsiyalarni topasiz 🎶 Kuy va qo‘shiqlardan bahramand bo‘lasiz 💬 Qiziqarli adabiy suhbatlarga guvoh bo‘lasiz 🎬 Kinolardan unutilmas parchalarni tomosha qilasiz 📝 Iqtiboslar va chuqur ma’noli fikrlar bilan tanishasiz 🌿 She’rlar orqali qalbingizni boyitasiz Va, albatta, hayotimizni yanada rang-barang qiladigan boshqa ko‘plab qiziqarli mavzular ham sizni kutmoqda! 🌸 Agar siz kitobsevar, san’at oshuftasi yoki shunchaki ilhom izlovchi bo‘lsangiz — bu kanal aynan siz uchun! 💖 Obuna bo‘ling va “Alisaning dunyosi” bilan birga yangi olamlarni kashf eting! #kitob #mutolaa #alisa_book #qahva #hikoya #mutolaa_zavqi #kitob_va_qahva #kitob_va_kelajak #alisaning_kitob_dunyosi #mumtoz_navolar #ashula #iqtibos #kinodan_parcha #aforizm #navo #kuy #ohang #nazm #nasr #adabiyot #adabiyot gulshani #retro_navo #radio #aimusic #aisong #aipicture
Название:
Shavkat Rahmon - Tutzor xotiralari. Шавкат Раҳмон - Тутзор хотиралари.
Категория:
Разное